TShIUga INHA universiteti (Koreya Respublikasi) delegatsiyasi tashrif buyurdi

5-may kuni INHA universiteti (Koreya Respublikasi) delegatsiyasi imtihonlarni shaffof o‘tkazish maqsadida Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Eslatib o‘tamiz, imtihonlar dam olish kunlari, ya’ni 6 va 7 may kunlari bo‘lib o‘tadi.

Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov Koreya Respublikasi «Global Education Project Group» dekani Kyung-Jin Min boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar bo’lib o’tadigan imtihon jarayonlari, shuningdek, keyingi imtihonlarni o‘tkazish rejalari va mezonlarini muhokama qildilar.