5 may kuni “MBA va biznes bitiruvchilari assotsiatsiyasi (AMBA & BGA)” direktori Victor Hedenberg Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Uchrashuvda TShIU rektori Muzaffar Djalalov mehmonlarga universitet faoliyati haqida ma’lumot berib, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni muhokama qildilar.
