29-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetiga rektor, professor Viloyat Valiyev boshchiligidagi Ozarbayjon texnika universiteti vakillari tashrif buyurdi. Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov mehmonlarga universitet haqida batafsil ma’lumot berdi. O‘z navbatida Ozarbayjon texnika universiteti rektori prof. Valiyev universitetning yoʻnalishlari va xalqaro hamkorlik haqida soʻzlab berdi. Tomonlar hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi bo‘yicha mavjud salohiyatni qayd etdilar.
Eslatib oʻtamiz, Ozarbayjon texnika universiteti 1950-yildan buyon faoliyat koʻrsatib kelmoqda va hozirda Ozarbayjondagi yetakchi universitetlardan biri hisoblanadi.