«Yashil makon» umummilliy shiori ostida o’tkazilayotgan loyihada universitet jamoasi ham faol ishtirok etmoqda. Toshkent shahridagi Inha universitetida «Yashil makon» loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.
Ko’chat ekishdan maqsad, ekologik vaziyatni yaxshilash, yashil maydonlarni ko’paytirish va atmosfera havosini zararli gazlardan himoya qilishdan iborat.
