2022-yil 13-may kuni Norvegiya tabiiy va texnika fanlari universiteti (Norwegian University of Science and Technology – NTNU) ning professor, ta’lim grantlari bo’yicha koordinatori Seyed Ali Amirshaxi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida u TshIU rahbariyati bilan uchrashdi va talabalar uchun Computational Color and Spectral Imaging (COSI)magistrlik dasturi bo’yicha stipendiya taqdimotini o’tkazdi.
COSI ikki yillik Erasmus + qoʻshma magistrlik ilmiy dasturi boʻlib, uning maqsadi turli yetakchi sohalarda amaliy rang fanlari boʻyicha yuqori malakali sanoat mutaxassislarining yangi avlodini tayyorlashga qaratilgan. Ikki asosiy yo’nalishi spektral texnologiyalar va amaliy rangli vizualizatsiya hisoblanadi.
