16-oktabr kuni UZCARD vakillari Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurib, UNICORN talabalari uchun amaliyot dasturi taqdimoti bilan ochiq dars o‘tkazdilar. Ishtirok etish uchun IT yo‘nalishi bo‘yicha 4-kurs talabalari ariza topshirib va amaliyotga oid savollarni berish imkoniga ega bo‘ldilar.
Amaliyot ishtirokchilari UZCARD ekspertlari rahbarligida o‘zlarining fintech loyihalarini ishlab chiqishlari mumkin bo‘ladi.
UNICORN dasturi quyidagilardan iborat bo’ladi:
– 6 oy davomida yumshoq (soft skills) va qattiq (hard skills) ko’nikmalarni intensiv o’qitish – talabalar Agile yordamida loyihalarni boshqarish, Lean Startup Canvas biznes modelini yaratish metodologiyasi, moliyaviy hisob va risklarni boshqarish asoslari, ma’lumotlar va marketing bilan ishlash, jamoaviy ish, jamoatchilik bilan aloqa, nutq va vaqtni toʻgʻri boshqarishni o’rganadilar.
– loyiha ustida 3 oy davomida ishlash – murabbiylar ko’magida amaliyotchilar guruhlari fintech sanoati uchun mahsulotlarni noldan ishlab chiqadilar.
Eng yaxshi talabalar ishga joylashtiriladi va o’z g’oyasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi.