Uzluksiz ta’limi markazi o‘quvchisi olimpiada g‘oliblaridan biri bo‘ldi

8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti Koreya Respublikasining INHA universiteti bilan hamkorlikda matematika va fizika fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahridagi Inha universiteti Uzluksiz ta’lim markazining tayyorlov kursi talabasi Yusufxujaev Ibrohimxon mazkur tanlov g‘oliblari qatoridan joy oldi va “Samsung” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan sovg‘ani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, TShIU qoshida ko‘p tarmoqli professional o‘quv markazi – Uzluksiz ta’lim markazi (UTM) muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda, unda bolalar va o‘smirlar fizika, matematika, ingliz tili kabi yo‘nalishlar bo‘yicha tahsil olmoqdalar, shuningdek, IT kabi turli yo‘nalishlar bo‘yicha kurslarda tahsil olishmoqda. Kurslar haqidagi barcha ma’lumotlarni bilish uchun UTM-ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo’lishingiz mumkin:
🔹 Telegram – t.me/cec_inha
🔹 Instagram – @inha.cec