Vashington Universiteti professori Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

2022-yilning 26-may kuni Sent-Luisda joylashgan Vashington universitetining energetika, ekologiya va kimyo muhandisligi professori doktor Jey Tyorner Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalolov mehmonlar uchun taqdimot qildi va ularni professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.
Tomonlar hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.