3-oktabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasida (World Conference on Creative Economy, WCCE) ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, 2018-yilda Indoneziyada asos solingan Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi yetakchi jahonshumul minbar hisoblanib, unda ijodkorlar, tadbirkorlar va rahbarlar muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarga yechim topish hamda katta imkoniyatlarni kashf etish maqsadida birlashadilar.
Bu yil WCCE 2024 texnologiyaning jadal rivojlanishi, ayniqsa sun’iy intellektni joriy etish natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni o’rganishga bag’ishlangan.
Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov “Future-Ready IT Education: Nurturing Skills for Tomorrow’s Digital Landscape” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.