Xalqaro elektraloqa ittifoqining (XEI) sobiq Bosh kotibi TShIUga tashrif buyurdi

24-oktabr kuni Dr. Hamadoun Ture Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Dr. Hamadoun Ture 2007-yildan 2014-yilgacha Xalqaro elektr aloqa ittifoqi (XEI) Bosh kotibi lavozimida ishlagan.
TShIU rektori Muzaffar Djalalov mehmonni universitet hayoti bilan tanishtirdi. Uchrashuvda tomonlar texnologik ta’limni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlik va tajriba almashish istiqbollarini muhokama qildilar.
Dr. Hamadoun Ture Toshkent shahridagi Inha universitetida talabalarga ta’lim berish va mutaxassislar tayyorlash uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. U taʼlimga innovatsion yondashuvlarni integratsiyalash va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish muhimligini taʼkidladi.
Dr. Hamadoun Ture O‘zbekiston hukumatining raqamli texnologiyalar sohasini rivojlantirishga qaratayotgan e’tibori tufayli respublikaning BMTning elektron hukumatni rivojlantirish reytingidagi o‘rni tezda anglab yetilayotganidan alohida hayratda ekanligini bildirdi.