Tashrif davomida universitet rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuv yakunida tomonlar Computer Engineering (Data Science) yo‘nalishi bo‘yicha 3+1 formatidagi qo‘shma bakalavriat dasturini yo‘lga qo‘yish hamda ikki tomonlama diplom berish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Dasturga ko‘ra, talabalar dastlabki uch yilni Toshkent shahridagi Inha universitetida tahsil oladilar, so‘nggi bir yil esa Ca’ Foscari universitetida o‘qishadi. Kelishuvning muhim jihati shundaki, IUT talabalari uchun oxirgi o‘quv yili bepul bo‘ladi. Bu esa xalqaro ta’lim va akademik mobillik uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
