Xalqaro hamkorlikni kengaytirish doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbariyati Italiyaga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya University of Trento vakillari bilan birinchi ishchi uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuvda 3+1 formatidagi yangi ta’lim dasturlarini ishga tushirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashuvi hamda ilmiy loyihalar ustida hamkorlik qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida akademik va ilmiy sohalarda keng qamrovli hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi, bu esa Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun yangi imkoniyatlarni ochadi.