25-mart kuni Toshkent shahar kongresslar zalida «Yangi ta’lim va kelajak 50+» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov, O‘zbekiston Respublikasi Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori, “Wilmotte& Associés” kompaniyasi boshqaruvchi direktori Borina Andriyo, Shon Kori, Oliver Wymanning hamkori muhokamada so’zga chiqdilar.
Davra suhbati mavzusi ta’lim tizimi evolyutsiyasini oldindan belgilash, to‘plangan tajribani ta’lim tizimi samaradorligini oshirishga moslashtirish, sun’iy intellektning ta’siri kabi masalalarga bag‘ishlandi.
Muhokama doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov “Ta’lim kelajagi” mavzusida ma’ruza qildi.
O‘z ma’ruzasida TshIU rektori so‘nggi yillarda oliy ta’lim, axborot va bilimlardan foydalanish (yuqori tezlikdagi internet rivojlanishi, onlayn ta’lim platformalarining paydo bo‘lishi va h.k.) sohasida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlarni ta’kidladi . Shu bilan birga, M.Djalalov ta’lim, xususan, IT-ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘z qarashlarini aytib o’tdi.
