Yangi yil

Toshkent shahridagi Inha universiteti nomidan Sizni kirib kelayotgan Yangi yil bilan samimiy muborakbod etaman!

Yangi yil – bu hammaning sevimli bayrami. Bu biz birgalikda quvonch, muvaffaqiyatlarni baham ko‘radigan, natijalarni sarhisob qiladigan va kelajak uchun rejalarni belgilaydigan vaqt.

Kirib kelayotgan 2025-yil omad, yaxshi kayfiyat olib kelsin, yorqin g‘oyalarga saxiy bo‘lsin va barcha orzu-umidlarimizni ro‘yobga chiqarsin!

Har biringizga o‘z oldingizga qo‘ygan maqsadlaringizga erishishingizni tilayman

Baxt, farovonlik va yaxshi kayfiyat!
Yangi 2025-yil bilan!

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori
Muzaffar Djalalov