Yangi Yil muborak

Sizni Yangi yil bilan chin qalbimdan tabriklayman!
 
Yangi yil har bir inson tomonidan seviladigan o’ziga xos bayramdir. Bu biz birgalikda muvaffaqiyat quvonchini baham ko’rishimiz, hisob-kitob qilishimiz va kelajak uchun rejalarni belgilashimiz mumkin bo’lgan vaqt. Bu yil sizga mustahkam sog’liq, yangi maqsadlar, yangi yutuqlar, hayotingiz va karerangizda yangi ilhomlar olib kelsin va barcha imkoniyatlarni ishga solsin. ezgu orzular ushalsin!
 
Yangi yilning har bir kuni muvaffaqiyat, baxt va farovonlik bilan to’la bo’lishini tilayman. Yangi Yil muborak!
 
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori

Muzaffar Djalalov