28-oktabr kuni Yaponiyaning Tsukuba universiteti vitse-prezidenti, Dr. Nakauchi Yasushi Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov universitet bilan tanishtirib, shuningdek, universitet haqidagi batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. O‘z navbatida, Dr. Nakauchi Yasushi talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar haqida gapirib, universitetdagi o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish muhimligini ta’kidladi. Ikkala tomon ham startap tashabbuslarini rivojlantirishda potentsial hamkorlik imkoniyatlarini o’rganishga kelishib oldilar.
Eslatib o‘tamiz, Tsukuba universiteti Yaponiyaning Tsukuba shahrida joylashgan milliy universitet hisoblanadi. Bu Yaponiya hukumati tomonidan Top Global Universitet Project doirasida tanlab olingan to‘qqizta yuqori darajadagi milliy universitetlardan biridir.