▫️Toshkent shahridagi Inha universiteti «Xavfsiz shahar» tizimlarini rivojlantirish markazi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

13-iyun kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Xavfsiz shahar» tizimlarini rivojlantirish markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Tomonlar tizim va tarmoq ma’muriyatchiligi hamda axborot xavfsizligi sohasida kadrlar tayyorlash, ichki ishlarni raqamlashtirish bo‘yicha «raqamli jamoa»ni shakllantirish, qo‘shma uslubiy materiallar va mobil ilovalarni ishlab chiqish, jamoat xavfsizligi sohasida intellektual yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikda ishlashga kelishib oldilar.

Memorandum Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari uchun muhim davlat tuzilmalari bilan hamkorlikda amaliy loyihalarda ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar ochadi.