✨Student Promotion Group (SPG) yurtimizning 12 hududida targ‘ibot ishlarini olib bordi!

Universitet talabalarining SPG klubi vakillari 12 hududda universitetni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tashabbusni amalga oshirishdi. Ushbu targ’ibotning asosiy maqsadi – Toshkent shahridagi INHA universiteti qabul imtihonlari jarayoni haqida batafsil ma’lumot berish hamda bo‘lajak abituriyentlarga universitetning yorqin akademik hayoti haqida qimmatli tushuncha taqdim etish edi.

Qishki ta’til davomida 20+ talabalar quyidagi maskanlarga tashrif buyurishdi:
✅40+ maktab 🏫
✅20+ o‘quv markazi 📚
✅5+ akademik litsey 🎓

📸Fotoreportajni kuzatib boring va yangiliklardan xabardor bo‘ling!