🌟Toshkent shahridagi Inha universiteti talabasi Perspektywy Women in Tech Summit 2024 da ishtirok etdi!

Toshkent shahridagi Inha universitetining SOCIE fakulteti talabasi To‘lqinjonova Mubina 2024-yilning 12-13-iyun kunlari Polshaning Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Perspektywy Women in Tech Summit 2024 xalqaro sammitida ishtirok etdi. Mubina universitetimiz texnologiya klubining faol a’zosi hisoblanadi.
“Women in Tech Summit” Yevropa loyihasi bo’lib, dasturchi talabalar va axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis ayollar uchun yaratilgandir. Ushbu sammit to’rtinchi bor o’tkazilmoqda.
Konferensiyada yirik kompaniyalar ishtirok etib, seminarlar, taqdimotlar va seminarlar tashkil etishdi.