🎓Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Next Generation Youth Logistics Forum 2025 xalqaro forumida g‘olib bo‘lishdi!

Talabalarimiz Sardorbek Ahmedov, Ubbiniyaz Dauletniyazov, Suhrobjon Eshpo‘latov Ostonada (Qozog‘iston) CILT Central Asia bazasida Coventry University Kazakhstan bilan hamkorlikda o‘tkazilgan Next Generation – Youth Logistics Forum 2025 da Toshkent shahridagi Inha universitetini munosib tarzda taqdim etdilar.

Musobaqada Markaziy Osiyodan 11 ta jamoa – Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishtirok etdi.

Forum yakunida jamoamiz faxrli 3-o‘rinni egallab, pul mukofotiga sazovor bo‘ldi 🏆💰

Talabalarimizni ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! Oldinda sizni yanada ulkan g‘alabalar kutmoqda! 🚀