🎓Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Bobur Abdullayev va Janubiy Koreyaning WISESTONE T Co., Ltd. kompaniyasi bosh direktori. Kim In Suk memorandum imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, WISESTONE T – dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish, sifatni sertifikatlash va raqamli platformalar sohasidagi xalqaro ekspert.

🤝 Hamkorlik doirasida tomonlar quyidagilarga kelishib oldilar:
– Inha talabalari uchun O‘zbekiston va Koreyada amaliyot va stajirovkalarni tashkil etish;
– sun’iy intellektni sertifikatlash, dasturiy ta’minot sifati va raqamli boshqaruv bo‘yicha qo‘shma o‘quv modullarini ishlab chiqish;
– raqamli platformalarni sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar va tajriba loyihalarini amalga oshirish;
– raqamli ishonch masalalari bo‘yicha akademik seminarlar, almashinuvlar va davra suhbatlari o‘tkazish.

Bu raqamli ekotizim yaratish va talabalarimiz uchun global imkoniyatlarni kengaytirish yo‘lidagi muhim qadamdir.