2025-yil 15-may kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan “Coursera Day” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda quyidagi mavzular muhokama qilindi:
💡 Xalqaro oliy ta’lim va mehnat bozori tendensiyalari
💡 Coursera kurslarini o‘quv dasturlariga integratsiyalash
💡 Sun’iy intellektning ta’lim va kasblar kelajagidagi o‘rni
📌Muhim lahzalar:
Turli universitetlar professorlari ishtirok etgan panel muhokamasi boʻlib oʻtdi. Unda INHA universiteti professori Oybek Eraliyev ham faol ishtirok etdi.
Eng faol Coursera o‘quvchilari Dell noutbuklari, Bluetooth spikerlar va merch sovg‘alar bilan taqdirlandi.
☕️ Tadbir yakunida coffee break va networking bo’ldi.
🔗 INHA universiteti raqamli ta’lim va xalqaro hamkorlikda yetakchilik qilishda davom etadi.

