📢 HURMATLI ABITURIYENTLAR!

E’tiboringizni Toshkent shahridagi Inha universitetiga yo’llarida qurilish ishlari olib borilayotgani, shu sababli yo‘llar tirband bo‘lib, harakatlanish qiyinlashganiga qaratamiz.

26 va 27-aprel imtihon kunlariga o‘z vaqtida yetib kelish uchun marshrutni oldindan rejalashtirib, ertaroq yo‘lga chiqishingizni so‘raymiz.
‼️ Asosiy kirish eshigi yopilgandan so‘ng, qabul komissiyasi kechikkanlarni, sababidan qat’i nazar, imtihonga kiritmaydi.

SHUNINGDEK ESLATIB O‘TAMIZ:
🔹 Imtihonga shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini olib kelish kerak.
❌ Telefoningizdagi skanerlangan nusxalar qabul qilinmaydi.
Har yili ariza beruvchilarning bir qismi faqat fotosurat yoki pasport skanerini olib keladi – ularning barchasiga kirishga ruxsat berilmagan.

Tushunganingiz uchun rahmat va imtihonda omad tilaymiz!