Bugun, 2-oktabr kuni biz muhim voqea – Toshkent shahridagi Inha universitetining 10 yilligini nishonlamoqdamiz! So‘nggi o‘n yil ichida universitetimiz ulkan o‘sish sur’atlarini bosib o‘tdi va mamlakatdagi yetakchi IT institutlaridan biriga aylandi. Aytishimiz mumkinki, shu vaqt ichida universitetimizni 6 ta talabalar oqimi tugatdi, bu yilgi bitiruvchilarimiz esa tez orada diplom oladilar.
Ushbu 10 yil ichida 1900 dan ortiq bitiruvchilarimiz jahon IT hamjamiyatiga qo‘shildi. E’tiborlisi, ularning 85 foizdan ortig‘i O‘zbekistonda qolib, yetakchi kompaniyalar va davlat tashkilotlarida ishlab, mamlakatimizda axborot texnologiyalarini raqamlashtirish va rivojlantirishga katta hissa qo‘shmoqda. Qolganlari esa dunyoning eng yirik xalqaro korporatsiyalarida, jumladan Google, Microsoft, Amazon va boshqalarda ishlagan holda universitetimizga sharaf keltirishda davom etmoqdalar.
Ishonch bilan aytishimiz mumkinki, Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-sohasi uchun haqiqiy iste’dodlar markaziga aylandi. Talabalarimiz va bitiruvchilarimiz nafaqat yuqori kasbiy bilimlari, balki tanqidiy fikrlashlari, innovatsion qobiliyatlari, tajriba va tavakkalchilikdan qo‘rqmasdan yangi narsalarni yaratishga tayyorligi bilan ham ajralib turadi.
Ushbu o’n yil professor-o’qituvchilar, talabalar, bitiruvchilar, hamkorlar va o’z bilimlari, vaqtlari va kuchlarini universitetimizni rivojlantirishga sarflagan har bir kishining birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir. Ushbu yo’lda biz bilan birga bo’lgan barchaga chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz!
10 yillik ishonch, qo’llab-quvvatlash va hamkorlik uchun barchangizga rahmat! Ishonchimiz komilki, oldinda yanada ko’proq muvaffaqiyat va marralar kutib turibdi!
