Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT)

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) 2014 yilda tashkil etilgan. Universitet Koreya Respublikasidagi INHA universiteti bilan hamkorligida asos solingan bo’lib,bugunga  kelib  1500 dan ortiq talabalar universitetning ikki asosiy yo’nalishlari bo’yicha tahsil olmoqdalar.

TA’LIM YO’NALISHLARI

Toshkent shahridagi Inha Universtiteti uch yo`nalish bo`yicha kurslari mavjud:

Dasturiy injiniring va Kompyuter injiniringi – School of Computer and Information Engineering (SOCIE)

Dasturiy injiniring – ushbu yo’nalish bo’yicha tahsil olayotgan talabalar kompyuter tizimlarini rivojlantirishning asosidagi elektrotexnika va informatika fanlari bo’yicha chuqur ilmlarga ega bo’lishadi.

Kompyuter injiniringi – kompyuter va mobil qurilmalar uchun dasturiy ta’minotni boshqarish va ishlab chiqish, ma’lumotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatish, shuningdek ma’lumotlar bazasini boshqarish dasturlari bo’yicha mutaxassislarni tayyorlaydi.

Logistika va biznes fakulteti – School of Business and Logistics (SBL)

Ushbu mutaxassislik asosida minimal xarajat bilan tovarlarni saqlash va muhim geografik lokatsiyalariga yetkazib berishning samarali jarayonlarini ishlab chiqish uchun muhim bo’lgan bilimlar qamrab olinadi.

MAGISTRATURA

2021-yilda birinchi marta “Raqamli transformatsiyadagi MBA” (MBA in Digital transformation) magistratura yo‘nalishi ochildi. Ushbu dastur biznes boshqaruvining asosiy yo’nalishlaridan tashqari sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar va bulutli hisoblash mavzularini qamrab oladi.

Dasturning maqsadi 4-chi sanoat inqilobining yangi davriga qadam qo‘ygan talabalarga menejerlik tafakkuri va konvergent muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirish, hamda texnik, nazariy va amaliy bilimlarni birlashtirib, tashkilotlarda raqamli biznes transformasiyasini loyihalashtirish, amalga oshirish va boshqarish imkoniyatini berishdir. Dastur moliyaviy xizmatlar, ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash, mehmondo‘stlik, ta’lim va hukumat kabi turli sohalarda biznesni raqamli transformasiyasiga yordam beradi.

Ushbu kunduzgi ta’lim shaklidagi dastur kelajakdagi innovasion yosh avlodni raqamli transformasiya va ilg‘or texnologiyalari bilan bog‘liq misli ko‘rilmagan biznes muammolarni hal qilishga va raqamli texnologiyalar va strategiyalarni biznesga samarali ravishda birlashtira oladigan professional menejerlarni tayyorlashga mo‘ljallangan.
Noyob ta’lim va o‘zaro aloqalar tajribasi ikki semestr davomida Toshkentda va ikki semestr davomida Koreyada taqdim etiladi. Barcha darslar ingliz tilida olib boriladi. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, Koreyadagi INHA universiteti tomonidan diplom beriladi.

Janubiy Koreyadagi INHA Universiteti

Bugungi kunda,Inha universiteti Janubiy Koreyadagi eng rivojlangan universitetlarining yuqori o’ntaligidan (Top10)o’rin olgan.Universitetning texnika va muhandislik fakultetlari esa,mamlakatning”Eng yetakchi universitetlar” reytingida to’rtinchi o’rinni egallagan.Universitetning yutuqlarga yetaklovchi shiori uch muhim sifatni birlashtiradi: «Ijodkorlik, mehnatsevarlik va jamiyatga xizmat qilish».

Bizning universitetda ta'lim oling

Ko'proq >

Universitetga tashrif buyuring

Aloqa >