“Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda ishchi-xizmatchilar hamda talabalarni evakuatsiya qilish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Joriy yilning 16-yanvarida Respublikamiz Bosh vaziri – mamlakat Fuqaro muhofazasining boshlig‘i “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2024-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2025-yildagi vazifalar to‘g‘risida” chora-tadbirlar rejasini taqdim etgandi. Uning asosida Toshkent shahar hokimi – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining tegishli buyrug‘iga asosan shu yilning 13-fevralida Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Toshkent shahridagi INHA universitetida “Tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlarda ishchi-xizmatchilar hamda talabalarni evakuatsiya qilish va oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro muhofazasi aʼzolarining harakati va Favqulodda vazifalarda harakat qilish davlat tizimining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘g‘imiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorligi” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB, FVB, Milliy Gvardiya, Universitet rahbariyati va masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Mashg‘ulotlarda universitet binosida –shartli ravishda– yong‘in chiqqanida o‘qituvchi va masʼullar, ishchi-xizmatchilar, talabalarning evakuatsiyasida birinchi va ikkilamchi xatti-harakatlari sinovdan o‘tkazildi hamda bu borada amalga oshiriladigan ishlar nimalardan iboratligi, eʼtibor qaratildi. Shuningdek, xavf-xatarning oldini olish, uning oqibatlarini bartaraf etish choralari haqida uslubiy–ko‘rgazmali tavsiyalar berildi.