Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022-yil 16-mart kuni “Raqamli iqtisodiyot”ga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirish mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. “Raqamli iqtisodiyot”ga oid qonun hujjatlarning mazmun-mohiyatini Iqtisodiy prognozlashtirish va moliyaviy rejalashtirish bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Nasirullayeva o‘z taqdimotlarida yoritib berdi. Ushbu yig‘ilishda Universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor va barcha bo‘lim boshliqlari va mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish savollarga va bahs munozaraga boy tarzda o‘tdi.