Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022-yil 16-noyabr kuni Universitetning Iqtisodiy prognozlashtirish va moliyaviy rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i B.Nazarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 4-avgustda qabul qilingan “Soliq maslahatiga oid faoliyat to‘g‘risida”gi O‘RQ-787-son Qonuni mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Universitetning tegishli mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish savollarga va bahs munozaraga boy tarzda o‘tdi.