Janubiy Koreya Prezidenti Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

2019-yilning 18-aprel kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti tarixida abadiy qoladi. Universitet tashkil etilganidan beri (2014-yil 2-oktabr) Janubiy Koreya Prezidenti janob Mun Chje In O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri janob Abdulla Aripov hamrohligida ilk bor Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi.
 
Janubiy Koreya davlat rahbari universitet rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov boshchiligidagi universitet rahbarlari bilan uchrashdi.
Janob Mun Chje In universitetning moddiy-texnik bazasi va shart-sharoitlari bilan tanishdi, tabrik so‘zi bilan Toshkent shahridagi Inha universiteti va Janubiy Koreyaning Inha universiteti o‘rtasida ishlab chiqilayotgan “Teletibbiyot” qo‘shma loyihasi ishiga to‘xtalib o‘tdi. Ayni vaqtda. O‘zining yakuniy so‘zida janob Mun Chje In samimiy qabul uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi, universitetni rivojlantirish va Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelgusi rejalarida muvaffaqiyatlar tiladi.
 
Hozirda Toshkent shahridagi Inha universitetida 1321 nafar talaba tahsil olmoqda. Universitet bakalavriat yo’nalishi bo’yicha 2 yo’nalish – Kompyuter injiniringi va Logistika bo’yicha ta’lim beradi. Aytish joizki, 2014-yildan buyon o‘quvchilar soni 10 barobar ko‘paygan. Yuz nafar mutaxassis Toshkent shahridagi Inha universitetini tamomlagan bo‘lsa, ulardan 85 nafari o‘z mutaxassisligi bo‘yicha xususiy yoki davlat tashkilotlarida ish bilan ta’minlangan, qolgan 15 nafari esa Janubiy Koreya va dunyoning boshqa mamlakatlaridagi nufuzli universitetlarida magistraturada o‘qishni davom ettirgan.