10 mart kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi direktori Ikrom Djumaniyazov memorandum imzolashdi
Memorandumning asosiy maqsadlari xakatonlarni tashkillashtirish va o‘tkazish, talabalar va yoshlar o‘rtasida startap tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, keyinchalik ish bilan ta’minlash maqsadida stajirovka dasturlarini tashkil etish, shuningdek talabalarni yanada rag‘batlantirish uchun stipendiya va grantlar berish imkoniyatlari bilan tashkilotlar o‘rtasida yaqin hamkorlikdir.
Tomonlar keyingi harakatlarni aniqlash uchun yo‘l xaritasini tuzishga kelishib oldilar.