MBA dasturi uchun 2026-yil qabul bo‘yicha yo‘riqnoma

Kuzgi semestr

(Biznes boshqaruvi yo‘nalishidagi magistratura)

1. 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul kvotasi

Yo‘nalish Kvota 1-imtihon 2-imtihon 3-imtihon Xalqaro talabalar
Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura) 50 50 To‘lmagan kvota To‘lmagan kvota 10

Agar abituriyentlarning IUT kirish imtihoni natijalari Qabul komissiyasi tomonidan belgilangan o‘tish balidan past bo‘lsa, qabul kvotasi to‘liq to‘ldirilmasligi mumkin.

2. 2026–2027 o‘quv yili qabuli uchun talablar

2.1 IUT kirish imtihoni asosida qabul

— mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari (universitetlar)dan bakalavr diplomiga ega bo‘lgan bitiruvchilar yoki yilning birinchi yarmida bitiruvchi bo‘ladigan talabalar.

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar quyidagi Ingliz tili darajasi talabiga javob berishi lozim:

Yo‘nalish Rasmiy ingliz tili test sertifikati uchun minimal talab*
Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura) IELTS: 5.0 yoki undan yuqori / TOEFL iBT: 50 yoki undan yuqori

Xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (universitetlarni) ingliz tili davlatning ona tili yoki rasmiy tili hisoblangan mamlakatlarda ingliz tilida tamomlagan bitiruvchilar, shuningdek O‘zbekistondagi ingliz tilida o‘qitiladigan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirishdan ozod etiladi.

2.2 Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul

Quyidagi talablarga javob beradigan talabalar Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul jarayonida ishtirok etish huquqiga ega:

  • Bakalavr darajasiga ega bo‘lgan bitiruvchilar, shuningdek mahalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari (universitetlar)ning bitiruvchisi bo‘lishi kutilayotgan talabalar.
  • Xorijiy pasportga ega bo‘lgan abituriyentlar (O‘zbekiston fuqarolari bundan mustasno).

Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar Ingliz tili darajasi talablariga javob berishi lozim.

Yo‘nalish Rasmiy ingliz tili test sertifikati uchun minimal talab*
Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura) IELTS: 5.5 yoki undan yuqori / TOEFL iBT: 71 yoki undan yuqori

* Eslatma: Oliy ta’limni (universitet) ingliz tili davlatning ona tili yoki rasmiy tili hisoblangan mamlakatda ingliz tilida tamomlagan shaxslar yoki O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni ingliz tilida tamomlagan abituriyentlar rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirishdan ozod etiladi. 

3. 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul jarayoni

IUT kirish imtihoni (intervyu) uch marotaba o‘tkaziladi

Bosqich Sana
1-imtihon 21-may (payshanba) – 22-may (juma)
2-imtihon 18-iyun (payshanba) – 19-iyun (juma)
3-imtihon 15-iyul (chorshanba) – 16-iyul (payshanba)

Qabul to‘lovi barcha imtihonlar uchun undiriladi.

  • Ariza topshirish to‘lovi: 300 000 so‘m (yoki 30 AQSh dollari).
  • 3-imtihon joriy yilda qabul qilingan abituriyentlar soni hamda o‘tgan yil to‘ldirilmagan kvotalarni hisobga olgan holda o‘tkazilishi mumkin

* Qabul jadvali kutilmagan holatlar sabab o‘zgartirilishi mumkin.

3.1  Oddiy qabul jarayoni

3.1.1 IUT kirish imtihoni asosida qabul
Saralash jarayoni:

Yo‘nalish Tafsilotlar
Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura) Reyting asosida muvaffaqiyatli nomzodlar to‘ldirilmagan qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi

Qabul omillari va baholash mezonlari:

Yo‘nalish Qabul baholashi Tafsilotlar Qabul mezonlari
Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura) Hujjatlar: 50 ball

Intervyu: 50 ball

Bakalavr o‘rtacha bali (CGPA): 20 ball

Ingliz tilini bilish darajasi: 30 ball

Ingliz tilida onlayn intervyu: 50 ball

Reyting asosida muvaffaqiyatli nomzodlar to‘ldirilmagan qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi.

(Ammo, intervyu bahosining 50% dan kamini olgan nomzodlar tanlanmaydi)

* Agar baholash natijalarida ikki va undan ortiq nomzodlarning o‘tish ballari teng bo‘lsa, barcha shu turdagi nomzodlar qabul qilinadi.

3.2 Xalqaro abituriyentlar uchun maxsus qabul

Saralash jarayoni:

Yo‘nalish Tafsilotlar
Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura) – Turi: Hujjatlar asosida baholash + suhbat

– Hujjatlarni baholash mezonlari: bakalavr umumiy o‘rtacha balli (CGPA), ingliz tili darajasi

– Suhbatni baholash mezoni: ingliz tilida suhbat (to‘liq qobiliyatni chuqur baholash)

 

Baholash mezonlari:

Yo‘nalish Qabul baholashi Tafsilotlar Qabul mezonlari
Biznes boshqaruvi (Raqamli transformatsiya yo‘nalishidagi magistratura) Hujjatlar: 50 ball

Intervyu: 50 ball

Bakalavr o‘rtacha bali (CGPA): 20 ball

Ingliz tilini bilish darajasi: 30 ball

Ingliz tilida onlayn intervyu: 50 ball

Reyting asosida muvaffaqiyatli nomzodlar to‘ldirilmagan qabul kvotasi doirasida tanlab olinadi.

Abituriyentlar hujjatlari to‘liq topshirilganidan so‘ng rolling basis (bosqichma-bosqich) tartibida ko‘rib chiqiladi va baholanadi.

Suhbat abituriyent tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida o‘tkaziladi.

Ingliz tilini bilish darajasi, akademik qobiliyatlar, professional tajriba va rivojlanish salohiyatini har tomonlama baholagandan so‘ng, belgilangan kvota doirasida tegishli miqdordagi muvaffaqiyatli nomzodlar tanlanadi.

4. Ariza topshirish tartibi va talab etiladigan hujjatlar

Asosiy qabul:
Ariza topshirish tartibi: IUT onlayn ariza platformasi orqali ariza shaklini to‘ldirish: (//inha.uz/apply/)

Talab etiladigan hujjatlar (onlayn ariza tizimi orqali yuklanishi shart):

  • Pasport yoki yashash ruxsatnomasining nusxasi;
  • So‘nggi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat (3,5 sm × 4,5 sm);
  • Diplomning nusxasi yoki uning tasdig‘ini ko‘rsatadigan ma’lumotnoma yoki universitetda o‘qiyotganlik haqida ma’lumotnoma;
  • Rasmiy ingliz tili sertifikati (IELTS/TOEFL iBT) yoki oliy ta’lim ingliz tilida olib borilganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
  • Oliy ta’lim transkripti nusxasi (umumiy o‘rtacha ball CGPA ko‘rsatilishi shart);
  • Shaxsiy bayonet (taqdim etilgan shaklda) – YUKLAB OLISH

Barcha talab etilgan hujjatlar, ayniqsa Rasmiy ingliz tili sertifikati, belgilangan muddatgacha topshirilishi shart

Shuni ma’lum qilamizki, agar taqdim etilgan hujjatlar, xususan Rasmiy ingliz tili sertifikati yoki abituriyentning ta’limi ingliz tilida olib borilganini tasdiqlovchi rasmiy xat qasddan soxtalashtirilgan yoki qalbakilashtirilgan bo‘lsa, abituriyentning qabul qarori istalgan vaqtda bekor qilinadi hamda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.

Rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirish muddati:

Bo‘lim Topshirish muddati Izoh
IUT 1- va 2-kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar 21-iyul, 2026 (juma) Faqat 2024-yil 26-iyuldan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi
IUT 3-kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar 22-avgust, 2026 (shanba) Faqat 2024-yil 23-avgustdan keyin olingan test natijalari qabul qilinadi

 

Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul

Ariza topshirish tartibi: IUT onlayn ariza platformasi orqali ariza shaklini to‘ldirish (//inha.uz/apply/)

Kerakli hujjatlar (faqat onlayn ariza topshirish sayti orqali taqdim etilishi shart):

  • Pasport yoki yashash ruxsatnomasining nusxasi;
  • So‘nggi 3 oy ichida olingan elektron fotosurat (3,5 sm × 4,5 sm);
  • Diplomning nusxasi yoki uning tasdig‘ini ko‘rsatadigan ma’lumotnoma yoki universitetda o‘qiyotganlik haqida ma’lumotnoma;
  • Rasmiy ingliz tili sertifikati (IELTS/TOEFL iBT) yoki oliy ta’lim ingliz tilida olib borilganini tasdiqlovchi rasmiy hujjat;
  • Oliy ta’lim transkripti nusxasi (umumiy o‘rtacha ball CGPA ko‘rsatilishi shart);
  • Shaxsiy bayonet (taqdim etilgan shaklda) – YUKLAB OLISH
  • O‘qish rejasi;
  • Tavsiyanoma

Rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirish muddati:

Sertifikatini topshirish muddati: 2026-yil, 22-avgust (shanba); faqat 2024-yil 23-avgustdan keyin olingan test natijalari natijalari qabul qilinadi.

5. 2026–2027 o‘quv yili qabul taqvimi

5.1 1-kirish imtihoni

Jarayon Sanalar
Onlayn ariza topshirish va konsultatsiya 13-aprel (dushanba) – 8-may (juma)
Nomzodlarni tayyorlash 11-may (dushanba) – 20-may (chorshanba)
Qabul uchun intervyu o‘tkazish 21-may (payshanba) – 22-may (juma)
Natijalarni e’lon qilish 2-iyun (seshanba)
Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish 2-iyun (seshanba) – 12-iyun (juma)

5.2 2-kirish imtihoni

Jarayon Sanalar
Onlayn ariza topshirish va konsultatsiya 11-may (dushanba) – 5-iyun (juma)
Nomzodlarni tayyorlash 8-iyun (dushanba) – 17-iyun (chorshanba)
Qabul uchun intervyu o‘tkazish 18-iyun (payshanba) – 19-iyun (juma)
Natijalarni e’lon qilish 1-iyul (chorshanba)
Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish 8-iyul (chorshanba) – 17-iyul (juma)

5.3 3-kirish imtihoni

Jarayon Sanalar
Onlayn ariza topshirish va konsultatsiya 8-iyun (dushanba) – 3-iyul (juma)
Nomzodlarni tayyorlash 6-iyul (dushanba) – 14-iyul (seshanba)
Qabul uchun intervyu o‘tkazish 15-iyul (chorshanba) – 16-iyul (payshanba)
Natijalarni e’lon qilish 29-iyul (chorshanba)
Muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarni ro‘yxatga olish 29-iyul (chorshanba) – 7-avgust (juma)

6. Kontrakt to‘lovi

Mahalliy talabalar Xalqaro talabalar
46,500,000 UZS (2026-2027) 5,900 USD (2026-2027)

* 2026–2027 o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovi 2026 yil avgust oyiga qadar belgilanadi.

7. Bog‘lanish uchun ma’lumotlar

Rasmiy veb-sahifa //www.inha.uz
Toshkent shahridagi Inha Universitetiga qabul bo‘yicha qo‘llanma //inha.uz/postgraduate/application-guideline-m/
Toshkent shahridagi Inha Universitetiga qabul (ariza topshirish) //inha.uz/apply/
Telegram-bot по приему AskInhaBot
Телефон  +998 71 289 99 94
Faks +998 71 269 00 58
Elektron pochta  admissions@inha.uz
Manzil 100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi 9
Ish vaqti Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00