Toshkent shahridagi Inha universiteti va «Uzarxiv» agentligi o‘rtasida memorandum imzolandi

24-iyun kuni, Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov va «Uzarxiv» agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
 
Tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy maqsadlari:
 
-birgalikdagi tadqiqot amaliyotini amalga oshirish;
 
-axborot texnologiyalari, ijtimoiy tadqiqotlar sohasida ilmiy va amaliy ishlanmalarni joriy etish;
 
-qo‘shma konferensiyalar, seminarlar, ilmiy tadqiqotlar, amaliyotlar o‘tkazish;
 
-arxiv ishi bo‘yicha mutaxassislarni va ushbu sohaga qiziqish bildirgan talabalarni axborot texnologiyalari sohasida tayyorlash jarayoni samaradorligi va amaliyligini oshirish;
 
-axborot texnologiyalari sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va joriy etishga ko‘maklashish;
 
-arxiv ishi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda, ta’lim sifatini oshirishda, universitet bitiruvchilarining keyingi stajirovkalarida va o‘quv jarayonini tashkil etishda yordam berish, talabalarning diplom olishdan oldingi (mutaxassislik bo‘yicha) amaliyoti