8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida turli yoshdagi 100 nafar qizlar o‘z salohiyatini oshirish va IT-texnologiyalar sohasiga keng jalb etishga qaratilgan “DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan” ta’lim dasturida ishtirok etdi.
2019-yil 6-mart kuni DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan ta’lim dasturining yakuniy kuni bo‘lib o‘tdi.
DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan — Microsoft kompaniyasining fan, texnologiya, muhandislik va matematika boʻyicha oʻrta va oʻrta maktab oʻquvchilari uchun taʼlimga investitsiya dasturi.
Eslatib o‘tamiz, DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturi O‘zbekistonda ikkinchi bor tashkil etilib, unda 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar ishtirok etdi. DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan dasturi ishtirokchilarga texnologiya sohasi va yangi innovatsiyalar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.
6-mart kuni Microsoft kompaniyasining Markaziy va Sharqiy Yevropadagi bosh menejeri Anke den Ouden tomonidan ma’ruzalar tinglandi va u DigiGirlz dasturining maqsadlari va Microsoft kompaniyasining qizlar salohiyatini oshirish borasidagi faoliyati haqida gapirdi.
Shuningdek, ishtirokchilar o‘z loyihalari taqdimotini o‘tkazdilar va ta’lim dasturi natijalari bo‘yicha sertifikatlar oldilar. Ularning eng faollariga Adruino to’plamlari topshirildi.
DigiGirlz High Tech Camp Uzbekistan Microsoft korporatsiyasi va Toshkentdagi Inha universiteti hamkorligida tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Bellissimo va Juicy Valley ko‘magida tashkil etildi.