Toshkent shahridagi Inha universitetining IT-inkubatsiya markazi

26-noyabr kuni IT Park ko’magida Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-Inkubatsiya markazining tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Tantanali marosimda ishtirok etgan mehmonlar orasida mamlakatimizning vazirlik va idoralari rahbarlari, xalqaro va mahalliy universitetlar rektorlari, yetakchi xususiy kompaniyalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari, bloggerlar, Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ham bor edi. 

«Sizni Toshkent shahridagi Inha universiteti IT-Inkubatsiya markazining ochilish marosimida ko’rib turganimdan mamnunman. Bugungi kunda globallashuv tendentsiyalari davlatning rivojlanishi axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bevosita bog’liqlikni talab qiladi, shuning uchun dunyoning ko’plab davlatlari birinchi navbatda butun IT-ekotizimini yaxshilash uchun qulay muhit yaratishga e’tibor berishadi. Biz Toshkent shahridagi Inha universitetida IT-Inkubatsiya markazining ochilishi, iqtidorli talabalarning g’oyalarini ochib berishga va startap-loyihalarni yaratishni rag’batlantirishga hizmat qilishiga harakat qilamiz. Umid qilamanki, Toshkent shahridagi Inha universiteti mamlakatimizning nufuzli oliy o’quv yurti sifatida faol ishtirok etib, mamlakatimizda raqamlashtirishning jadal sur’atlariga o’z hissasini qo’shadi», – dedi Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori v.b. Muzaffar Djalalov.

«Bugun oddiy kun emas – bugun Respublikamizda birinchi IT-Inkubatsiya markazining ochilishiga guvoh bo’lamiz. Toshkent shahridagi Inha universitetini va bunday keng ko’lamli loyihaning ochilishida ishtirok etgan barchani tabriklayman. Inkubatsiya markazlarining uzoq muddatli maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish; O’zbekistonda yuqori innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish; innovatsion yo’nalishdagi kichik biznesni rivojlantirish, talabalar loyihalari ustida ishlashlari uchun uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash; talabalar va tajribali mutaxassislar o’rtasidagi aloqalarni yo’lga qo’yish; yangi ish o’rinlari yaratish. Ishonchim komilki, ushbu markaz uzoq vaqt o’tmay, o’z mevasini, talabalarning qiziqarli va foydali innovatsion loyihalari shaklida namoyish etadi. », – dedi O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari Oleg Pekos.

«Biz bunday IT-Inkubatsiya markazlarini respublikaning har bir hududida, har bir oliy o’quv yurtida bo’lishini istaymiz. Albatta, bunday markazlar nafaqat universitetlarda, balki maktablarda, barcha ta’lim muassasalarida ham tashkil etilishi kerak, deb hisoblaymiz. Shu bilan birga, O’zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligi aynan shunday tashabbuslarga, yoshlar tashkilotlariga moliyaviy, moddiy, ma’naviy ko’mak berishga tayyor ekanini alohida ta’kidlashni istardim. E’tiboringiz uchun tashakkur, inkubatsiya markazi faoliyatiga omad tilaymiz», – deya qutladi O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining o’rinbosari Olimjon To’ychiyev.

«Avvalo, barcha universitet xodimlari va barcha o’quvchilarimizni tabriklayman. IT-Inkubatori bir necha yillar davomida g’oya bo’lib, o’ylaymanki manabugun birinchi xalqaro toifadagi biznes inkubator bo’ladi. Albatta, barcha talabalarimizga muvaffaqiyatlar tilayman, o’ylaymanki, siz barcha loyihalaringizni, startaplaringizni ushbu biznes inkubatorda, mutaxassislari bilan birgalikda amalga oshirasizlar. Sog’-salomat bo’linglar, katta rahmat», – deya tabrikladi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova.

«Bunday biznes inkubatorlar iqtisodiyotning rivojlanishiga katta ta’sir ko’rsatadi. O’ylaymanki, agar biz olimlar va talabalar ishlarini qo’llab-quvvatlasak, kelajakda kutilgan natijalarga erisha olamiz.  Toshkent shahridagi Inha universitetiga tez-tez tashrif buyuraman, biz doimo IT-sohasida yangi g’oyalarni amalga oshirish haqida maslahatlashamiz. Shaxsan, davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi mazkuruniversitet talabalari bilan so’nggi 3-4 platformalarini ishlab chiqdi. Bu katta yutuq, ilgari bunday loyihalarni xorijiy mutaxassislar bilan amalga oshirardik. Bugungi kunda o’zimizning yoshlar ushbu loyihalar ustida ishlashmoqda. O’ylaymanki, Toshkent shahridagi Inha universitetining kelajagi, rivojlanishi O’zbekiston taraqqiyoti bilan hamohang bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o’rinbosari Otabek Hasanov o’z nutqida yana bir bor minnatdorchilik bildirdi. 

«Bugungi kunda inkubatsiya jarayoni tadbirkorlik institutlarini tashkil etish, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash uchun bunday tuzilma yaratilganidan xursandman. Menimcha, bu faqat yo’lning boshlanishi. Mamlakatimiz bo’ylab ko’plab inkubatorlar, akseleratorlar, tadbirkorlar fikr almashadigan va g’oyalarni rivojlantiradigan platformalar yaratiladi. Shu yo’lni boshida turganimiz uchun sizni ham  o’zimni ham tabriklayman. Katta rahmat.»  – «Korzinka.uz»supermarketlar tarmog’i, City Taxi taksi xizmati, Red Tag kiyim do’konlari tarmog’ining asoschisi Zafar Hashimov.

«Men ushbu tashabbusni katta mamnuniyat bilan qabul qildim, chunki o’zim O’zbekistonda birinchi bo’lib ochilgan milliy universitetning kompyuter texnologiyalari fakultetida ta’lim olganman. Biz universitetdagi o’qish davrimizda, IT-yo’nalish ta’lim olayotgan talabalarning bilimlari o’qituvchilarning bilimlaridan ustun ekanini bilardik. Chunki talabalar amaliyot o’tashardi, hamda texnologiya tez-tezo’zgarishi hisobiga talabalar bilim darajasi yuqoriroq bo’lardi. Shuning uchun men IT-yo’naltirilgan biznesni hayot bilan bog’lash kerak deb hisoblayman. IT-ni amalda, biznesda qo’llash orqali nafaqat talabalar, balki o’qituvchilar bilimlarini oshirishlari mumkin. Biz bilamizki, nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyo IT-hizmatlariga muhtoj va bu ehtiyoj hali to’laqonli qondirilmagan.» – Mytaxi, Workly, Express24 asoschisi Akmal Paiziev.

«Hurmatli mehmonlar, tadbir ishtirokchilari, barchangizni ko’rishdan mamnunman. 2017-yilda davlatimiz rahbari IT sohasiga juda katta imtiyozlar berdi, soliq imtiyozlari, bojxona imtiyozlari. 2017-yildan 2018-yilgacha bo’lgan davrda 200 ta korxona ro’yxatga olingan bo’lib, ularning 100 tasi daromad keltirgan, qolgan 100 tasi daromad keltirmagan. Buning sababi bilan qiziqishni boshladik. Bu sohada uchun imtiyozlar bo’lgani, soliq to’lashdan ozod qilinganligi sababli, ko’plab talabalar talabalik davrida yoki o’qishni bitiriboq o’z loyihalarini amalga oshirish istagi bilan ro’yxatdan o’tganlar. Lekin har doim ham daromad qilish imkoni bo’lmagan. Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan inkubatsiya markazini ochish bo’yicha birgalikdagi ishimiz talabalar uchun o’z loyihalarini yaratish va rivojlantirishni davom ettirishga yana bir turtki beradi. Asosiy ish faqat boshlanmoqda, endi rivojlanishni davom ettirish kerak», dedi IT-Park direktori Farhod Ibragimov.

Tadbirning tantanali qismi doirasida rahbarlar Oleg Pekos, Muzaffar Djalalov va Farhod Ibragimov tomonidan ramziy qizil tasma kesilib, IT-Inkubatsiya markazining taqdimoti bo’lib o’tdi.

Toshkent shahridagi Inha universitetining IT-Inkubatsiya markazi – bu universitetda IT sohasidagi loyihalarni tayyorlash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardatalab etiladigan innovatsion yechimlarni tadbiq qilish maqsadidagi yoshlar startap-loyihalarini rivojlantirish maydonchasi hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalari qoshidagi inkubatsiya markazlari iqtidorli yoshlar o’rtasida yaratilayotgan innovatsion loyihalar sifati va sonini oshirish uchun zarur. Inkubatsiya markazlari o’z navbatida talabalar uchun original ilmiy-texnik g’oyalarni amalga oshiruvchi kichik innovatsion loyihalarning samarali faoliyat ko’rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratadi.

Tadbir doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetining innovatsion ko’rgazmasi bo’lib o’tdi, unda o’qituvchilar va iqtidorli talabalar o’zlarining innovatsion ishlanmalarini taqdim etdilar.

Toshkent shahridagi Inha universiteti dotsenti Bahodir Ahmedov o’z interaktiv ma’ruzalari namunalarini taqdim etdi. Toshkent shahridagi Inha universitetitalabalari tahsil olayotgan boshlang’ich kurslardan biri matematik tahlilga kirish kursi deb ataladi. Ushbu kurs davomida talabalar matematik funksiyalar bilan texnik jihatdan ishlashni o’rganadilar, shuning bilan birgaushbu funksiyalarni haqiqiy masalalarni yechishdaqo’llashni o’rganadilar.

Professor chiziqli, kvadratik va eksponentsial funksiyalarni qo’llash mumkin bo’lgan uchta holatni namoyish etdi.

Murodqulov Doniyor SOCIE fakulteti 3 – bosqich talabasi

Loyiha restoran ichidagi ish jarayoninioptimallashtirish, pandemiya sharoitida ishchi xodimlar bilan o’zaro aloqani kamaytirishga qaratilgan, hamda navbatlarni bartaraf etish orqali buyurtmalar sonining ko’payishiga olib keladi.

Botirov Shahzod SOCIE fakulteti 1 – bosqich talabasi

Loyiha aqlli velosiped deb ataladi. Ushbu velosiped velosipedchining yordamisiz harakatlanishi mumkin. Velosiped velosipedchi o’z smartfoniga ishora qilgan joyga yetib borishi mumkin, shuningdek, ushbu velosipedda qo’shimcha tanib olish va signalizatsiya funksiyalari mavjud.