Xotin-qizlar ixtirochiligini qo‘llab-quvvatlash

15-yanvar kuni Toshkent shaxridagi INHA universitetida Koreya Ixtirochi Ayollar Assotsiatsiyasi (KWIA) prezidenti Yun Mung Xi xonimi bilan O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi bosh direktori Alisher Fayzullayev, Xotin-qizlar qo‘mitasining vakillari va yetakchi ekspertlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
 
Ushbu tashrifdan maqsad Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida bilim va tajriba almashishdir.   
 
Shuningdek, “Ixtirochi ayollar – fan, innovatsiya, investitsiya” mavzusidagi davra suhbati doirasida O‘zbekiston Ixtirochi ayollar markazi va Koreya ixtirochi ayollar   assotsiatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Ushbu hujjat ikki tomonlama ixtirochilik, ta’lim, biznes hamda madaniy aloqalarni rivojlantirishga, mamlakatimiz olima, tadbirkor va mutaxassis ayollari erishayotgan yutuqlarini xalqaro darajaga olib chiqishga xizmat qiladi.  
 
Ta’kidlash joizki, Toshkent shaxridagi INHA universiteti xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda har yili xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni ushbu sohada ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida AT sohasida tanlovlar va tadbirlar o‘tkazib kelmoqda.  
 
Bugungi kunda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi IUT bilan birgalikda qo‘shma loyihalarni tashkil qilmoqda, bu xotin-qiz talabalarimizga grant dasturlarida ishtirok etishga imkoniyat yaratadi. Qayd etish lozimki, Koreya Ixtirochi Ayollar Assotsiatsiyasi (KWIA) jamiyatda obro‘sini ko‘tarish, yangiliklar yaratishga xizmat qiladi va ularni patentlashga imkon beradi.