26 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida umumta’lim maktablarining “Informatika va axborot texnologiyalari” o‘qituvchilarining malakasini oshirishga qaratilgan uch oylik treninglarning yakuniy onlayn konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 2020 yil 18 noyabrdan 2021 yil 26 yanvargacha Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekiston Respublikasi Halq ta’limi vazirligi bilan birgalikda, umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun IT sohasidagi malakasini oshirishga qaratilgan onlayn konferensiyalar o‘tkazdi.
Ushbu davrda Respublikamizning turli regionlaridagi maktablarining 600dan ortiq o‘qituvchilari onlayn tizimi orqali, universitet tomonidan tashkil etilgan treninglarda qatnashdilar. Interaktiv mashg‘ulotlar davomida 800dan ortiq savol, taklif va tavsiyalar kelib tushdi. Qatnashchilarga taqdim etilgan o‘quv materiallari, qabul qilingan mulohazalar asosida, doimiy ravishda takomillashtirib borildi.
Barcha ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar elektron darslar shaklida qayd etildi, mutaxassisliklar bo‘yicha akademik elektron bazasi shakllantirildi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘n minglab o‘qituvchilarning malakasini oshirishga imkon berdi. Materiallar mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan umumta’lim maktablariga yuborildi.
