Tayyorlov kurslari o’quvchilari uchun konsultatsiya kuni

23-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida tayyorlov kurslarining yangi talabalari uchun konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi. Unda Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar DJalalov, bosh menejer Rustam Kazakov, menejer Nailya Yermakova so’zga chiqdilar. Shuningdek, tayyorlov kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan va Toshkent shahridagi Inha universitetiga o’qishga kirgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Konsultatsiya davomida o’quvchilarga kurs jarayoni hamda kurs tugagandan so’ng ularni qanday istiqbollar kutayotgani haqida so’zlab berildi.