Foundation dasturi uchun
Qabul-2026 uchun qo‘llanma
1. 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul kvotasi
|
Dastur |
Ta’lim yo‘nalishi |
Qabul kvotasi |
|
Foundation dasturi |
Muhandislik, axborot texnologiyalari va iqtisodiyot |
100 |
|
Umumiy kvota |
|
100 |
* Kvotalar soni o‘zgarish ehtimoli mavjud
Foundation dasturiga qabul qilingan talabalar quyidagi fanlarni o‘z ichiga olgan akademik tayyorgarlik dasturini o‘zlashtirishadi: Matematika, Fizika, Ingliz tili, Axborot texnologiyalariga kirish, Ijtimoiy fanlar, Iqtisodiyot, boshqa tanlash imkoni bo‘lgan fanlari.
Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, talabalarga Foundation dasturi sertifikati hamda o‘zlashtirilgan kreditlar va erishilgan ta’lim natijalari ko‘rsatilgan Akademik transkript taqdim etiladi.
Agar abituriyentlar akademik yoki ingliz tili bo‘yicha talablarni bajarmasa yoki Dastur qabul komissiyasi tomonidan belgilangan minimal qabul mezonlariga javob bermasa, belgilangan qabul kvotasi to‘lmasligi mumkin.
2. 2026/2027-akademik o‘quv yili uchun qabul talablari
2.1 Foundation dasturiga qabul
Foundation dasturiga qabul qilish huquqi qabul qo‘mitasi tomonidan tan olingan o‘rta ta’lim malakasini muvaffaqiyatli tugatgan yoki o‘qishga kirishdan oldin tugatishi kutilayotgan yoki o‘rta maktabning so‘nggi yilida tahsil olayotgan abituriyentlar uchun ochiq.
Qabul abituriyentning akademik ko‘rsatkichlari hamda xalqaro tan olingan ingliz tili sertifikatlari asosida amalga oshiriladi. Abituriyentlar amaldagi ingliz tili malaka sertifikatiga (kamida IELTS Academic 5.0 yoki qabul komissiyasi tomonidan tan olinadigan unga tenglashtirilgan sertifikatga) ega bo‘lishlari shart.
O‘qish boshlanishidan oldin barcha qabul qilingan talabalar quyidagi minimal ingliz tili darajasini tasdiqlashi shart:
|
Program |
Minimum English Language Requirement |
|
Foundation dasturi |
IELTS Academic (umumiy ball kamida 5.0) yoki qabul komissiyasi tan olgan ekvivalent sertifikat |
* Eslatma: Ingliz tilini bilish darajasi xalqaro tan olingan sertifikat orqali tasdiqlanishi shart.
Qabul qilinadigan sertifikatlar: IELTS Academic, TOEFL iBT, Pearson PTE Academic, Duolingo English Test, Cambridge English Qualifications, LanguageCert Academic, Trinity ISE, hamda qabul komissiyasi tomonidan tan olinadigan boshqa ekvivalent sertifikatlar.
Agar abituriyent o‘rta ta’limni ingliz tilida tamomlagan bo‘lsa yoki ingliz tili davlat tili hisoblangan mamlakat fuqarosi bo‘lsa, Dastur qabul komissiyasi tasdiqlagan taqdirda ingliz tili sertifikatini taqdim etishdan ozod etilishi mumkin.
2.2 Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul
2.2.1 Qabul talablari
Quyidagi talablarga javob beradigan xalqaro abituryentlar uchun maxsus qabul jarayonida ishtirok etish huquqiga ega:
- Qabul komissiyasi tomonidan tan olingan o‘rta ta’limni tamomlagan yoki qabul qilinishidan oldin tamomlashi kutilayotgan bo‘lishi;
- O‘zbekiston Respublikasidan boshqa davlat fuqaroligiga ega bo‘lgan (xorijiy) pasport sohiblari
- Xalqaro talabalar quyidagi ingliz tili sertifikatlaridan biriga ega bo‘lishlari kerak:
|
Dastur |
Accepted English Language Qualifications |
|
Foundation dasturi |
IELTS Academic, TOEFL iBT, Pearson PTE Academic, Duolingo English Test, Cambridge English Qualifications, LanguageCert Academic, Trinity ISE |
* Eslatma: Agar abituriyent o‘rta yoki oliy ta’limni ingliz tilida tamomlagan bo‘lsa yoki ingliz tili davlat tili hisoblangan mamlakat fuqarosi bo‘lsa, Dastur qabul komissiyasi qaroriga ko‘ra ingliz tili talabi bekor qilinishi mumkin.
3. 2026–2027-o‘quv yili uchun qabul jarayoni
Foundation dasturiga qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadigan rasmiy qabul jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Abituriyentlar belgilangan muddat ichida ariza va barcha zarur hujjatlarni topshirishlari shart.
4. Ariza topshirish tartibi va talab etiladigan hujjatlar
4.1 Oddiy qabul:
Ariza topshirish tartibi: Ariza beruvchilar rasmiy ariza shaklini to‘ldirishlari va barcha zarur hujjatlarni belgilangan muddat ichida taqdim etishlari shart. Arizalar rasmiy onlayn ariza platformasi orqali yoki qabul qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan boshqa usul orqali topshirilishi mumkin.
Talab qilinadigan hujjatlar (rasmiy onlayn ariza platformasi orqali taqdim etiladi):
- Pasport yoki ID-karta nusxasi;
- O‘rta ta’lim diplomi yoki attestati va ilovasi (transkript) yoki bitirishi kutilayotganligi haqida rasmiy ma’lumotnoma;
- Oxirgi 3 oy ichida olingan 3,5 × 4,5 sm fotosurat;
- Ingliz tili bo‘yicha sertifikati (IELTS Academic, TOEFL iBT, Pearson PTE Academic, Duolingo English Test, Cambridge English Qualifications, LanguageCert Academic, Trinity ISE yoki qabul komissiyasi tomonidan tan olingan tenglashtirilgan ertifikat) yoki abituriyent ingliz tilida o‘qiganligini tasdiqlovchi ta’lim muassasasi tomonidan berilgan rasmiy xat;
Barcha hujjatlar belgilangan muddatgacha topshirilishi shart.
ILTIMOS, shuni ma’lum qilamizki, agar taqdim etilgan hujjatlar, xususan Rasmiy ingliz tili sertifikati yoki abituriyentning ta’limi ingliz tilida olib borilganini tasdiqlovchi rasmiy xat qasddan soxtalashtirilgan yoki qalbakilashtirilgan bo‘lsa, abituriyentning qabul qarori istalgan vaqtda bekor qilinadi hamda unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atiladi.
ESLATMA: Elektron pochta orqali yuborilgan har qanday ariza shakli va hujjatlar qabul qilinmaydi.
Rasmiy ingliz tili sertifikatini topshirish muddati:
|
Dastur |
Topshirish muddati |
Izoh |
|
Foundation dasturiga qabul qilingan talabalar |
Qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi |
Ariza topshirilgan sanadan oldingi 2 yil ichida olingan sertifikatlar qabul qilinadi |
4.2 Xalqaro talabalar uchun maxsus qabul
4.2.1 Ariza topshirish tartibi
Arizalar Foundation dasturining rasmiy onlayn qabul portali orqali topshiriladi.
Required Documents (to be submitted by post):
- Pasport yoki ID karta nusxasi;
- O‘rta ta’lim diplomi yoki attestati (transkript) yoki o‘qiyotganligi haqida ma’lumotnoma (litsey/kollej/maktab tomonidan berilgan);
- Oxirgi 3 oy ichida olingan 3,5 × 4,5 sm fotosurat;
- Ingliz tili bo‘yicha sertifikati (IELTS Academic, TOEFL iBT, Pearson PTE Academic, Duolingo English Test, Cambridge English Qualifications, LanguageCert Academic, Trinity ISE yoki qabul komissiyasi tomonidan tan olingan tenglashtirilgan ertifikat) yoki abituriyent ingliz tilida o‘qiganligini tasdiqlovchi ta’lim muassasasi tomonidan berilgan rasmiy xat;
- Shaxsiy bayonot;
- O‘qish rejasi;
Ingliz tili sertifikatini topshirish muddati:
Taqdim etish muddati Dasturga qabul komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi. Faqat ariza topshirilgan kundan boshlab oxirgi ikki (2) yil ichida olingan ingliz tili bo‘yicha malaka sertifikatlari qabul qilinadi.
5. 2026–2027 o‘quv yili taqvimi
|
Akademik faoliyat |
Muddat |
|
1-semestr (12 haftalik ta’lim) |
28-sentabr – 20-dekabr, 2026-yil |
|
1-semestr yakuniy imtihonlari |
22-dekabr – 25-dekabr, 2026-yil |
|
Semestrlar oralig‘idagi ta’til |
26-dekabr, 2026-yil – 17-yanvar, 2027-yil |
|
2-semestr (12 haftalik ta’lim) |
18-aprel – 19-aprel, 2027-yil |
|
2-semestr yakuniy imtihonlari |
19-aprel – 23-aprel, 2027-yil |
|
Qayta topshirish imtihonlari |
26-aprel– 30-aprel, 2027-yil |
* Eslatma: Akademik taqvim Dastur qabul komissiyasi qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Barcha o‘zgarishlar rasmiy axborot kanallari orqali e’lon qilinadi.
6. O’qish uchun to’lov
|
Yo‘nalish |
Mahalliy talabalar uchun |
Xalqaro talabalar uchun |
|
Foundation dasturi |
32 000 000 UZS |
Keyinchalik e’lon qilinadi |
* 2026–2027-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oldindan ogohlantirilmasdan o‘zgartirilishi mumkin.
Eslatma: 2026–2027 o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovi miqdori o‘zgarishi mumkin.
Mahalliy talabalar (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) kontrakt to‘lovini milliy valyutada (so‘mda), xalqaro talabalar (xorijiy pasport egalari) esa AQSh dollarida to‘laydi.
7. Aloqa ma’lumotlari
|
Rasmiy veb-sayt |
www.inha.uz |
|
Ariza topshirish platformasi (mahalliy abituriyentlar uchun) |
|
|
Ariza topshirish platformasi (xalqaro abituriyentlar uchun) |
|
|
Telefon |
+998 71 289 99 94 |
|
Faks |
+998 71 269 00 58 |
|
Elektron pochta |
admissions@inha.uz |
|
Qabul bo‘yicha Telegram-bot |
|
|
Manzil |
100170, Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar ko‘chasi 9 |
|
Ish vaqti |
Dushanba – Juma, 09:00 – 18:00 |