Universitetimiz talabasi Qayumov Anvar Bahodir o‘g‘li axborot xavfsizligi bo‘yicha “CTF.UZ” (Capture the Flag) tanlov musobaqasida 2-o‘rinni egalladi.
Musobaqalarda turdosh sohaning oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va litseylari talabalari, mehnat faoliyati bilan band bo‘lgan yoshlardan 2500 nafari ishtirok etdi.
. “CTF.UZ” formatida kelgusi natijani taxminlash, murakkab matematik hisob-kitobli mantiqqa oid masalalar qo‘llanilgan.
– Ishtirokchilar kuchli yigitlar, yaxshi tayyorgarlik ko‘rishgani sezilib turibdi. Yetakchi o‘rinlarni saqlab qolish uchun, har birimizga, haqiqatan ham mehnat qilish kerak bo‘ldi. Eng yaxshi besh nafar ishtirokchi deyarli barcha bir xil balli masalalarni yechishga muvaffaq bo‘ldi, bu esa ushbu masalalarni bajarish vaqtini ko‘rib chiqish qaroriga olib keldi. Men ikkinchi o‘rinni hamda 10 mln. so‘m miqdorida pul mukofotini qo‘lga kiritim, – deydi Anvar Bahodir o‘g‘li. – Bunday tanlovlar bizning yoshlarimiz uchun kuchli motivator bo‘lib, barcha mutaxassislarni birlashtirishga xizmat qiladi hamda qimmatli tajriba bilan almashishga imkoniyat yaratadi, AT-mutaxassislari shakllanishi va rivojlanishini jadallashtiradi.