Universitetimizdan terma jamoada 15 nafar o‘yinchi bor, Counter Strike: Global Offensive, DOTA 2, PUBG mobile kabi uchta yo‘nalishining har birida 5tadan,-deydi kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti 4-chi bosqich talabasi Muhammadyor Jurayev.
Kibersport subkultura sifatida 80-chi yillarning boshlarida paydo bo‘lgan. Afsuski, odamlarning aksariyati zamonaviy kompyuter o‘yinlarini yuzaki tushunishadi, uni ustiga har xil stereotiplar ularning tushunishini qo‘shimcha ravishda yanada buzadi. Ushbu sport bilan bolalikdan shug‘ullanish kerak, chunki yoshlikda reaksiya va idrokingiz qanchalik yaxshi bo‘lsa, shuncha yaxshi o‘ynaysiz. Bularning barchasini bolalar hozirgacha anglashlari qiyin, chunki ular uchun bu kompyuterdagi oddiy o‘yin. Ehtimol, ular kibersport reaksiya, strategik fikrlash va jamoada ishlash qobiliyatini rivojlantiradigan qiyin va ma’suliyatli ish ekanligini hali bilishmagan bo‘lishi mumkin. Bunday musobaqalar ilgari ham Toshkentda o‘tkazilgan, ammo unda turnir sifatida tashkillashtirilmagan. Jamoamizning ko‘pchilik a’zolari yarim professional liga o‘yinchilari bulib, Toshkent shahridagi Inha universiteti tashqarisida ham obrovga ega. Masalan, Kim Vadimning o‘yin darajasi juda baland va u nafaqat bu yerda, balki MDH davlatlarida ham tanilagn. Va bizda bunday yigitlar juda ko‘p. Ushbu musobaqada Toshkent oliy uquv yurtlarining 32 jamoasi ishtirok etadi. Va dunyo bo‘ylab ularning millionlari bor.
Finalning o‘zi shu yilning 31 yanvar kuni katta sahnada oflayn ravishda, minglab tomoshabinlar va muxlislar oldida bo‘lib o‘tadi.