Yosh olimlar tomonidan xalqaro tajribadan foydalanish

1 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-o‘qituvchilari  “Xalqaro tajriba va yosh olimlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish: muammolar va yechimlar” mavzusidagi press-klub sessiyasida ishtirok etdi.  
 
Hozirgi paytda  xorijiy o‘quv yurtlarda o‘qishni tamomlayotgan talabalar va bitiruvchilar oldida Vataniga qaytish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar natijasida, yoshlar o‘z bilim va kuchlari bilan mamlakatimizga katta qiziqish uyg‘otishi mumkin.
  
So‘zga chiqqanlar, (Webometrics) universitetlarning xalqaro reytingi tomonidan Toshkent shahridagi Inha universitetining saytiga iqtibos ko‘rsatkichi bo‘yicha birinchi o‘rin berganligini alohida ta’kidladi.
  
Press-klub ishtirokchilari xalqaro o‘quv yurtlarida (Phd) doktorlik darajasini olgan yosh olimlar bilan birgalikda munozara shaklida yosh olimlar tomonidan xorijiy tajribadan samarali foydalanish borasidagi muammolar va ularni hal etish yo‘llarini hamda O‘zbekiston yoshlari bilan tajriba va bilimlarni almashishni tashkil etish masalasini muhokama qildi.