Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Mirzo Ulug’bek tuman kengashiga deputat etib saylandi

 

O’zining saylovoldi dasturida universitet rahbari aholi uchun ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan aniq loyihalarni taklif qildi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov poytaxtning Mirzo Ulug’bek tumanidagi sakkizinchi «Buyuk Ipak yo’li» saylov okrugiga O’zLiDep partiyasi tomonidan nomzod sifatida qatnashgan edi. 15-yanvar kuni universitet rahbariga guvohnoma va partiya nishoni berilib va shu kundan boshlab rasman deputat etib tasdiqlandi.

“Avvalom bor, menga ishongan va ovozini bergan barcha fuqarolarga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Men aytib o’tganimdek amalga oshirib bo’lmaydigan va’dalarni bermayman: tomlarni yamash, fuqarolar uchun bepul sayohat turlari, yangi yo’llar qurish va boshqalar. Men har doim o’qiganman va shu kungacha o’qishni davom ettirib kelmoqdaman! Ishonchim komilki, o’qish uchun hech qachon kech emas, 5 yoki 60 yoshda bo’lishingizning ahamiyati yo’q. Odam yangi va qiziqarli narsalarni o’rganish, o’zini yangi sohalarda sinab ko’rish uchun yashaydi.Shu sababli, men ta’lim va fan sohasidagi bir kishi sifatida ikkita «Elobod» va «Buyuk Ipak yo’li» mahallalarida yashovchilarga barcha yoshdagi bolalar uchun bir nechta ta’lim loyihalarini taklif qildim», – takidladi rektor.

Deputatning takliflari orasida pensiya yoshidagi odamlar uchun bepul kompyuter savodxonligi bo’yicha 60+ loyihasi mavjud. Muzaffar Djalalov o’ziga ishonib topshirilgan vazifalardan biri mahallalardagi ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalar farzandlariga bepul o’quv kurslarini rejalashtirmoqda. Universitet o’qituvchilari kabi doimiy ravishda Mirzo Ulug’bek tumanidagi maktablarda matematika, fizika, informatika va ingliz tili o’qituvchilari uchun treninglar o’tkazishga tayyorlar.

Muzaffar Djalalov respublikadagi eng yosh universitet rahbari b’olib ushbu lavozimga 2018 yil avgust oyida Hukumat qarori bilan u Toshkentdagi Inha Universiteti rektori vazifasini bajaruvchisi etib tayinlanib, O’zbekiston tarixidagi eng yosh rektorga aylandi. “Yuksalish” umummilliy harakati Muzaffar Djalalovni TOP-35 mamlakat yosh yetakchilari ro’yxatiga kiritdi. Ta’kidlash joizki, Muzaffar Djalalov to’rt tilda: O’zbek, Rus, Ingliz va Koreys tillarida erkin so’zlashadi.