7 may – Aloqachilar kuni!

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining rivojlanishi ko‘plab olimlar, muhandislar, texniklar, dasturchilar avlodlari – taqdiri bilan aloqa sohasiga bog‘liq bo‘lgan har bir kishining mehnati natijasidir. Aloqa sohasi mutaxassislari o‘zlarining kundalik mehnatlari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shmoqdalar!
 
Toshkent shahridagi Inha universiteti barcha aloqachilarni – radio, televideniye va aloqa xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklaydi!