Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari fanlarini chuqur o’rganish bo’yicha ixtisoslashtirilgan maktabga qabul boshlandi

 
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlanish vazirligi tasarrufidagiMuhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabga o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidan 2019-2020 o‘quv yili uchun tanlov e’lon qiladi.
 
Maktabga o‘quvchilar tanlov asosida 5-sinfga qabul qilinadi
 
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladi.
 
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar onlayn tarzda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy web-saytida (//www.akss.uz/qabul2019/) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Shuningdek, talabgorlarning hujjatlari Toshkent shaharida joylashgan maktabbinosida qabul qilinadi (manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani Tepa Masjid ko‘chasi 4-uy).
 
Hujjatlar joriy yil 23-avgustgacha qabul qilinadi.
 
Ish vaqti 9:00 dan 17:00 gacha
 
Tanlov joriy yilning 24-25-avgust kuni Toshkent shahridagi INHA universitetida matematika va ingliz tili fanlaridan yozma va test sinovlari shaklida o‘tkaziladi.
 
Qabul uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
 
– tug‘ilganlik haqida guvohnoma;
 
– maktabda o‘qishi haqida ma’lumotnoma;
 
– fotosurat (3,5×4,5 sm). (6 dona)
 
-direktor tamonidan tasdiqlangan tabel nusxasi (4-sinf)
 
-Fayl papka (maktab binosida (Off-line) topshiruvchilar uchun)
 
Onlayn tarzda topshiriladigan barcha hujjatlarning skaner qilingan variantlari 300 dpi, rangli tasvir va fayl hajmi 2 Mb dan katta bo‘lmasligi lozim.
 
Qo‘shimcha ma’lumotlarni Muhammad al-Xorazmiy  nomidagi axborot texnologiyalari va kommunikatsiya yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga  ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy web-saytida (//www.akss.uz) hamda quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: (71)262-15-29, (71)262-15-38
 
Izoh: Tabelda faqat 4 va 5 baholar bo‘lishi shart