Toshkent shahridagi Inha universitetida 2022-yil 31-mart kuni “Ijro intizomiga rioya qilish, ish yuritish tartibiga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini va ularda bo‘layotgan kamchilik va muammolar ularni bartaraf etish choralari” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur mavzuni Universitetning Monitoring va ijro nazorati bo‘limi boshlig‘i T.Matchanov o‘z taqdimotlarida yoritib berdi.
Yig‘ilishda Universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor va barcha bo‘lim boshliqlari va mas’ul mutaxassislari ishtirok etdilar.
Yig‘ilish savollarga va bahs munozaraga boy tarzda o‘tdi.