Soliq qo’mitasi raisi o’rinbosari Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari bilan uchrashdi

 

Joriy yilning 8-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Abdulla Azizovning ma’ruzasi bo’lib o’tdi. Unda 50 nafar talaba ishtirok etdi.

O’zbekiston Davlat soliq qo’mitasi raisining o’rinbosari Abdulla Azizov Davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash usullari mavzusida ma’ruza o’tkazdi.

Tadbir davomida oliy o’quv yurti talabalari soliq idorasi faoliyati bilan tanishdilar,ushbu sohada AKTni rivojlantirishning yangi bosqichini ishlab chiqishni muhokama qildilar, o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar hamda qo’mitaga ishga taklif etildilar.

Shuni ta’kidlash joizki, Abdulla Azizov Carlsberg A/S, DONG Energy A/S va APM-Maersk kabi yirik xalqaro ishlab chiqarish tashkilotlarida moliya sohasida 15 yillik tajribaga ega. Bundan tashqari, Azizov Danfoss, Kopengagenda yuqori AT-yechimlari va moliya standartlarini ta’minlash bo’yicha mutaxassis sifatida faoliyat yuritgan.