17-24 yanvar kunlari Toshkent shahridagi Inha universiteti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari, hamda, O’zbekiston Respublikasi kiberxavfsizlik markazi vakillari Scientific Cyber Security Association (Gruziya)da tahsil oldilar.
Ushbu qishki lager davomida talabalar kiberxavfsizlik va axloqiy xakerlik (International Cyber camp «Ethical hacker») sohasida intensiv amaliy dastur asosida tahsil olishdi.
IT-lager mentorlari esa kompyuter fanlari va kiberxavfsizlik sohasidagi yetkachi professor-o’qituvchilar va amaliyotchilardan tashkil topgan.
Dastur doirasida ishtirokchilar bir qancha yo’nalishlarda faol ishladilar, masalan:
– foydalanuvchi xavfsizligi;
– tarmoq xavfsizligi;
– kriptografiya;
– veb-xavfsizlik;
– xavfsiz dasturlash.
Shuningdek, trening dasturiga hakatonda ishtirok etish ham kiritilgan. Kurs yakunida International Cyber Camp “Ethical hacker” ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi