Iqtidorli yigit-qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoat hayotida va ilmiy izlanishlarda muvaffaqiyat qozongan iqtidorli yoshlar uchun maxsus imtiyozli stipendiyani taqdim etdi.
18-yanvar kuni Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti (SOCIE) 3-bosqich talabalari Azam Nurullayev, Kamroniddin Soliev va Azamat Abdullaevlar ATK vazirlik stipendiyalariga sazovor bo’ldilar.
O’zbekiston ATK vazirligining ushbu stipendiyasi yuqori darajadagi bilim, izlanish, tashabbuskorlik, namunali xulq-atvor va intizom uchun beriladi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov universitet talabalarini tabriklab, ularga muvaffaqiyat va yangi yutuqlarni tiladi.