Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari ATK Vazirligining stipendiyalariga sazovor bo’ldilar

 

Iqtidorli yigit-qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida O’zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoat hayotida va ilmiy izlanishlarda muvaffaqiyat qozongan iqtidorli yoshlar uchun maxsus imtiyozli stipendiyani taqdim etdi.

18-yanvar kuni Kompyuter va dasturiy injiniring fakulteti (SOCIE) 3-bosqich talabalari Azam Nurullayev, Kamroniddin Soliev va Azamat Abdullaevlar ATK vazirlik stipendiyalariga sazovor bo’ldilar.

O’zbekiston ATK vazirligining ushbu stipendiyasi yuqori darajadagi bilim, izlanish, tashabbuskorlik, namunali xulq-atvor va intizom uchun beriladi.

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Djalalov universitet talabalarini tabriklab, ularga muvaffaqiyat va yangi yutuqlarni tiladi.

Apply Now! (Foreign) Apply Now! (Domestic) Telegramda murojat Qo'ng'iroq qiling!