2022-yilning 31-avgust kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida birinchi kurs talabalari uchun konsultatsiya kuni bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir davomida talabalar birinchi marta o’quv binolariga tashrif buyurib, bir-birlari va universitet ma’muriyati bilan tanishdilar.
Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori Muzaffar Djalalov tadbirni tantanali ochib berdi, hamda talabalarni o’qishga muvaffaqiyatli kirganliklari bilan tabriklab, ularga o’z maqsadlariga erishishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Li Dong Won va Yoshlar siyosati bo’yicha birinchi prorektor Turdimurat Tursunmuratov ham tabrik so’zlarini aytishdi.
Taqdimot doirasida birinchi kurs talabalari o’quv jarayoni, universitetning tashkiliy-ma’muriy tuzilmasi, ularning faoliyati bilan tanishib va o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Tadbir talabalarni universitet bilan tanishtiruv ekskursiyasi bilan yakunlandi.